platina.uz
Jamiyat

Samarqandda shirakayf IIB xodimi ishdan olindi

Tarmoqda IIB xodimining ayanchli holati tasvirlangan video tarqaldi. 

Samarqandda shirakayf IIB xodimi ishdan olindi

Samarqandda ish vaqtida spirtli ichimlik ichgan xodim jazolandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Biroz avval tarmoqda IIB xodimining ayanchli holati tasvirlangan video tarqalgandi.

Aytilishicha, Samarqand viloyati Qoʻshrabod tumani IIB profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilgan (IIOlariga xizmatga 2023 yil 20 noyabrda qabul qilingan) katta serjant Z.S. "Xizmat kiyimida spirtli ichimlik isteʼmol qilganligi hamda ichki ishlar organlari xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi harakatlari" uchun ichki ishlar organlari xodimlari safidan boʻshatilgan.

Xozirda, ushbu holatni kelib chiqishiga yoʻl qoʻygan rahbar xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid