platina.uz
Jamiyat

Jahongir Ortiqxoʻjayev 7 ta kompaniyasini sotdi

Toshkent shahrining sobiq hokimi oʻziga aloqador yetti kompaniya, jumladan Magic City`ni sotganini maʼlum qildi. 

Jahongir Ortiqxoʻjayev 7 ta kompaniyasini sotdi

Toshkent shahar sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev 7 kompaniyasini sotganini maʼlum qildi. Bu haqda u Surxondaryo viloyatida oʻtgan “Biznes Marafon”da soʻzga chiqqanda gapirgan.

"Videochilardan iltimos qilardim, kesib tarqatmanglar. Notoʻgʻri tushunishmasin. Yettita kompaniyamni sotdim. Crafers`ni sotdim. Chunki men unda obroʻ qozona olmadim, eplashtira olmadim. Mediaparkniyam hamma magazinlari bilan sotdim, kim ishlayotgan boʻlsa oʻshanga. Ekobozor, Akfa Lighting, Magic Cityni sotdim" deya maʼlum qilgan u.

Shuningdek, Bazalt firmasi ham Germaniyaning Knauf firmasiga sotilgan.

Eslatib oʻtamiz, Jahongir Ortiqxoʻjayev 2018-2023 yillarda Toshkentga hokimlik qilgan, oʻtgan yilgi anomal sovuq paytida ishdan olingandi.

Shuningdek, yaqinda tarmoqda "Paxtakor" futbol klubi sotilishi eʼlon qilindi, unga Ortiqxoʻjayev ham aloqadorligi aytildi. Bir kun oʻtib Davaktiv agentligi klub sotuvdan olinganini eʼlon qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid