Izboskanda 24 fuqaroning mulki buziladi
Ushbu qarorga avtomobil yoʻlini kengaytirish sabab sifatida keltirilgan.

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori bilan Izboskan tumanidagi 24 fuqaroning mulki buziladi. Bunga Namangan-Haqqulobod -Poytugʻ-Loʻgʻimbek-Yangiqishloq avtomobil yoʻlini kengaytirish sabab qilib koʻrsatilgan.
Endilikda ushbu yoʻl kengaytiriladi, piyodalar oʻtish joylar va irrigatsiya tizimlari, tungi yoritish tarmoqlari oʻrnatiladi.
Qarorda aytilishicha, Mirzo Ulugʻbek MFY Shifokorlar va Yangibozor koʻchalarida joylashgan uylar olib qoʻyiladi.
Shuningdek, fuqarolar bilan mulkni olib qoʻyish boʻyicha ochiq muhokama oʻtkazilib, 24 ta mulkdordan dastlabki rozilik xati olingan va bu haqda bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Qarorda buziladigan mulklar va egalari roʻyxati toʻliq taqdim etilgan. Mulklar boʻshatilgandan soʻng, 4 oy davomida qurilish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, Izboskan tumani hokimligi va mulkdorlar kompensatsiya va boshqa masalalarni oʻzaro notarial tartibda rasmiylashtirishi belgilangan.