DXX raisi "Tolibon" mudofaa vaziri bilan uchrashdi
Muzokaralarda chegara va oʻzaro aloqalar muhokama qilingan.

Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Afgʻoniston muvaqqat mudofaa vaziri Muhammad Yoqub bilan uchrashdi.
Bu haqda "Tolibon" mudofaa vaziri X tarmogʻidagi sahifasida xabar berdi.
Muzokaralarda chegara, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, Afgʻoniston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy va tranzit hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilingan.