platina.uz
Jamiyat

Fevralda beqaror ob-havo boʻlishi kutilyapti

Butun kuz-qish mavsumida fevral eng koʻp yogʻin boʻladigan oy sanaladi. 

Fevralda beqaror ob-havo boʻlishi kutilyapti

Joriy yilning fevral oyida Oʻzbekiston aholisini qanday ob-havo kutmoqda? Gidrometeorologiya xizmati ehtimoliy ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.

Umuman olganda, fevral oyi odatdagidan biroz iliqroq boʻladi. Oʻrtacha oylik havo harorati meʼyor atrofida boʻlishi kutilmoqda, baʼzi joylarda meʼyordan 1-1,5oga yuqori boʻlib, 2-4o iliqni, shimolda 2o sovuq-1o iliqni, janubda 6-8o iliqni tashkil etadi.

Fevral oyining boshi nisbatan sovuq boʻladi. Birinchi besh kunlikda havo harorati asosan kechalari 0-5o sovuq, kunduz kunlari 2-7° iliq, baʼzi joylarda 0-2°sovuqqacha boʻladi.

Yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik 1 fevral va 4 fevral kunlari respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 3 fevralda janubiy viloyatlarida boʻlib oʻtadi.

Ikkinchi besh kunlikda harorat kechalari 0-5o iliqqacha, kunduz kunlari 8- 13o iliqqacha koʻtariladi. 7-8 fevral kunlari asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.

Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechasi 2-7o iliqdan 2-7o sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18o iliqdan 2-7o iliqqacha, shimolda kechalari 0-5o iliqdan 7-12o sovuqqacha, kunduz kunlari 11-16o iliqdan 0-5o iliqqacha oʻzgarib turadi.

Fevral oyida yogʻingarchilik miqdori meʼyordan kam, baʼzi joylarda meʼyor atrofida boʻlishi kutilmoqda.

Iqlimiy maʼlumotlarga koʻra, respublika hududining katta qismida butun kuz-qish davri davomida fevral oyi yogʻingarchilik eng koʻp boʻladigan oy deb hisoblanadi.

Biroq, yogʻingarchilik miqdori boʻyicha, hamda, harorat tartibi boʻyicha fevral oyi juda turlicha boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ortda qolayotgan yanvar oyi Oʻzbekistonda anchagina quruq keldi, faqat oy oxiriga kelib davomli yogʻingarchiliklar kuzatilmoqda. Shuningdek, meteorologlar mamlakat anomal sovuq kutilmayotganini maʼlum qilishgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid