Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykaliga gulchambar qoʻydi
Bu yil Islom Karimov tavalludining 86 yilligi qarshi olinmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov tavalludining 86 yilligi qarshi olinmoqda. Shu sabab Qurʼon oyatlari oʻqilib, duo qilindi.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida oʻtgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.
Birinchi Prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qoʻyildi.