platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi ishdan olindi

U prezident yigʻilishlaridan birida hayfsan olgandi. 

Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi ishdan olindi

Shu vaqtga qadar Qashqadaryo viloyat IIB boshligʻi boʻlib ishlab kelgan polkovnik Shuhratjon Sotvoldiyev ishdan olingan. Uning keyingi ish joyi hozircha nomaʼlum.

Sotvoldiyev 2021 yil aprelda Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtkazgan yigʻilishda hayfsan olgandi.

Viloyat hokimligiga koʻra, polkovnik Ismoilov Abduvoxid Salomovich Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi etib tayinlandi.

Abduvohid Ismoilov.

Eslatib oʻtamiz, 1965 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan A.Ismoilov bugungacha Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid