Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari lavozimidan olindi
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich lavozimidan ozod etildi.
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.
Begimqulov mazkur lavozimga 2023 yil 31 yanvar kuni Prezident qarori bilan tayinlangandi.
Uzoqboy Begimqulov avval 4 yil davomida (2017-2021 yillar) oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgandi. 2021 yil iyun oyida maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari lavozimiga oʻtgandi.
Biroz avval Innovatsion rivojlanish agentligi rahbari tayinlangani haqida xabar bergandik.