Isroil Livanga hujum qilishi mumkin
Gʻazo urushi nihoyalamay turib, yangi keskinlik paydo boʻlishi kutilmoqda.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant mamlakat Livan bilan chegarada harbiy amaliyotga tayyorgarlik koʻrayotganini aytdi. Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi.
Galantning soʻzlariga koʻra, minglab harbiy xizmatchilar va qurollar Isroil shimoliga, Livan-Isroil chegarasiga oʻtkazilgan. Vazir jangovar harakatlar yaqin kelajakda boshlanishiga maʼlum qilgan.
Shuningdek, Isroil mudofaa kuchlari (IDF) matbuot xizmati oʻz sahifasida Livandagi "Hizbulloh" guruhi pozitsiyalariga aniq zarbalar berilgani haqida xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yil oktabr oyidan beri davom etayotgan Gʻazo urushida hozirgacha 25 mingdan oshiq tinch aholi halok boʻldi.