Zoyir Mirzayevning birinchi oʻrinbosari ishdan ketdi
Xolmirza Niyozov bu lavozimga 2022 yil fevral oyida tayinlangandi.

Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan Niyozov Xolmirza Oʻzgenovich viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Zoyir Mirzayevning tegishli qarori bilan bu lavozimga Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Botir Bahodirovich Alimbekov vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
Xolmirza Niyozov birinchi oʻrinbosarlikka 2022 yil fevral oyida tayinlangandi. U avval Oltiariq tumani hokimi boʻlib ishlagan.