Prezident 80 benzindan voz kechishni topshirdi
Ayni paytda eng arzon va eng past sifatli benzin Ai-80 markasi boʻlib turibdi.

Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripovga 2025 yildan Ai-80 markali benzindan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilish boʻyicha topshiriq berdi.
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda eng arzon va sifatsiz benzin aynan shu markadigi yonilgʻi boʻlib turibdi.
Shuningdek, poytaxtda ogʻir yuk mashinalari, 10 yildan oshgan avtomobillar va “Yevro-4”dan past yonilgʻidan foydalanishning ekologiyaga taʼsirini kamaytirish boʻyicha aniq mexanizmlar ishlab chiqiladi.