Nodirbek Abdusattorov sovrinli oʻringa ega chiqdi
"Tata Steel Chess" musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.

Niderlandiyada boʻlib oʻtgan "Tata Steel Chess" musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Unda oʻzbekistonlik Nodirbek Abdusattorov 3-oʻrinni egalladi.
Biryoʻla 4 nafar shaxmatchi 8,5 ochko toʻplagani sababli gʻolib tay-brekda aniqlandi. Qoʻshimcha partiyalarda Nodirbek Abdusattorov, Anish Giri, Gukesh va Yi Vey ishtirok etdi.
Qurʼaga koʻra, Nodirbek xitoylik Yi Vey bilan toʻqnash keldi va 0,5 : 1,5 hisoblarida imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Yakunda final bahsida Gukeshni taslim etgan Yi Vey nufuzli musobaqa gʻolibiga aylandi.
Eslatib oʻtamiz, Abdusattorov avvalroq murakkab vaziyatdan chiqib ketgan holda gʻalaba qozongan va yarim finalga chiqqandi.