platina.uz
Sport

Nodirbek Abdusattorov yirik turnirda gʻalaba qozondi

Musobaqaning sovrin jamgʻarmasini tashkilotchilar ochiqlamagan. 

Nodirbek Abdusattorov yirik turnirda gʻalaba qozondi

“Tata Steel Chess 2024” turnirining oxirgi turida oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov murakkab vaziyatdan chiqib ketgan holda gʻalaba qozondi va 8,5 ochko bilan peshqadamlar safida tugatdi.

Nodirbekdan tashqari yana 3 kishida 8,5 ochko bor. Bular: Anish Giri, Gukesh va Vei Yi.

Bu degani endi 4 nafar shaxmatchi chempionlik uchun tay-brekda tezkor shaxmatda kurashadi. Avval yarim finalda 2 ta juftlik, keyin esa final boʻladi. Yarim final juftliklari:

Nodirbek Abdusattorov (Oʻzbekiston) — Vei Yi (Xitoy)
Anish Giri (Niderlandiya) — Gukesh (Hindiston)

Tay-brek bahslari bugunning oʻzida boʻlib oʻtadi.

“Tata Steel Chess 2024” 12-28 yanvar kunlari Niderlandiyada oʻtkazilmoqda. Musobaqaning sovrin jamgʻarmasi tashkilotchilar tomonidan ochiqlanmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid