platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatidagi zavodda ikki ishchi tomdan quladi

Hodisa Angrendagi sement zavodida roʻy bergan. 

Toshkent viloyatidagi zavodda ikki ishchi tomdan quladi

Toshkent viloyatida oʻtgan 2023 yil va joriy yil boshida bir necha ishchi ish jarayonida jabrlangani maʼlum boʻldi. Bu haqda viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi buyruqlarida maʼlum qilingan.

Jumladan, 2024 yil 12 yanvar kuni Angrenda sement zavodi qurayotgan ishchilar N.Parpiyev va Li Jongjun qurilishning tom qismidan yiqilib ogʻir jarohat olgan.

Bundan tashqari 2023 yil 21 noyabr kuni Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati ishchisi Q.Xusenov ish jarayonidan ogʻir tan jarohati olgani maʼlum boʻldi.

Mazkur hodisadan bir kun avval, 20 noyabrda esa kombinat armaturachisi F.Purtikov ham jabrlangan.

Shu jumladan, 2023 yil 22 iyul kuni Oʻrtachirchiq tumani elektr korxonasi yuristi X.Qoʻziyevga korxona ishchisi A.Saydaliyev ogʻir jarohat yetkazgan.

Kambagʻallik boshqarmasi eʼlon qilgan hujjatlarga koʻra, barcha hodisalarni tekshirish uchun maxsus komissiyalar tuzildi va oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid