Kayfiyatni keskin koʻtaruvchi mevalar maʼlum qilindi
Mutaxassislar 155 kishi ishtirok etgan tadqiqot oʻtkazdi.

Yangi Zelandiyadagi Otago universiteti olimlari organizmda S vitamini yetishmasligi kayfiyatning yomonlashishiga taʼsir qilishini aniqladi. Har kuni kivi isteʼmol qilish bu muammoni yengishga yordam beradi, deydi mutaxassislar. Bu haqda British Journal of Nutrition (BJN) yozmoqda.
Mutaxassislar S vitamini darajasi past boʻlgan 155 kishi ishtirok etgan tadqiqot oʻtkazdi. Ular uch guruhga boʻlingan, birinchisi sakkiz hafta davomida vitamin qoʻshimchasini olgan, ikkinchisi platsebo (dori-darmon) olgan, uchinchisi ikkita kivi isteʼmol qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, har kuni kivi isteʼmol qilgan odamlarning kayfiyati toʻrt kun ichida yaxshilangan. Bundan tashqari, bu odamlar yanada quvnoq boʻlishdi. Oʻz navbatida, vitamin C qoʻshilishi kayfiyatni yaxshilashga ijobiy taʼsir koʻrsatdi, ammo olimlarning fikriga koʻra, bu omillar kividagi bergan natija kabi yaxshi boʻlmagan.
Olimlar kivi boʻyicha avval ham tadqiqot oʻtkazgandi. Unga koʻra, agar siz har kuni ikkita kivi mevasini isteʼmol qilsangiz, organizmning S vitaminiga boʻlgan kunlik ehtiyojini qoplashingiz mumkin. Bu tropik mevada juda koʻp foydali moddalar va xun tolasi mavjud boʻlib, ular bir kishining toʻliq rivojlanishi uchun juda muhimdir.