Taniqli futbol murabbiysi vafot etdi
U "Paxtakor" safida toʻqqiz yil oʻynagan.

Taniqli sobiq futbolchi, murabbiy Vladimir Shtern olamdan oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Vladimir Shtern 1942 yil Toshkentda tugʻilgan.
1964-1973 yillarda "Paxtakor" safida 242 ta oʻyin oʻtkazgan.
Yigirma yildan oshiq vaqt davomida "Paxtakor" maktabini boshqargan, Oʻzbekiston chempionatida komissarlik ham qilgan.