platina.uz
Jamiyat

Matnni qoʻlda yozish miya faoliyatini kuchaytiradi

Olimlarga koʻra, bu kompyuter klaviaturasida matn yozgandan foydaliroq. 

Matnni qoʻlda yozish miya faoliyatini kuchaytiradi

Matnni qoʻlda yozish kompyuter klaviaturasida yozishdan koʻra miya qismlari oʻrtasidagi aloqalarni yaxshilaydi. Buni Frontiers in Psychology jurnalida chop etilgan tadqiqot koʻrsatdi.

Olimlar 36 universitet talabalaridan elektroensefalogramma yordamida miya faoliyati maʼlumotlarini tahlil qildilar. Miya faoliyatini oʻlchashda ularga qalam bilan yozish yoki ekranda paydo boʻlgan soʻzni klaviaturada yozish bir necha marta soʻralgan. Ular qoʻl yozuvi uchun ruchka va sensorli ekrandan foydalanishgan.

Ishtirokchilar qalam bilan yozganda, miyaning turli sohalarida faollik oshdi, lekin klaviaturada bu holat kuzatilmadi. Olimlarning fikricha, ruchkadan foydalanganda sezgi organlaridan olingan vizual va vosita maʼlumotlari miyada oʻrganish uchun zarur boʻlgan aloqalarning shakllanishiga yaxshi yordam beradi. Klaviaturada yozish paytida oddiygina tugmachalarni bosish miyani kamroq ragʻbatlantiradi.

"Bu, planshetda yozish va oʻqishni oʻrganayotgan bolalarning harf tanishda nega qiynalayotganini tushuntirib beradi", - deya taʼkidlaydi olimlar.

Klaviaturada yozishning koʻplab afzalliklari (shu jumladan tezlik) boʻlsa-da, vaqti-vaqti bilan qoʻlyozmalardan foydalanib turish kerak, deya xulosa qilishdi olimlar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid