Toshkentda kanatli jamoat transporti quriladi
Loyiha Xitoy kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Toshkentda kanatli jamoat transporti yoʻlga qoʻyiladi. 23 yanvar kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umrzoqov boshchiligidagi delegatsiya "Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Kompaniyaning MDH davlatlari bilan ishlash boʻyicha direktori Bey Kyu qoʻshma korxonaning Shveysariya sifatining fundamental tamoyillari asosida shahar mobilligini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan yechimlarni ishlab chiqish boʻyicha olib borayotgan ishlari haqida gapirdi.
Hamkorlikning bir nechta variantlari, shaharda taklif etilayotgan transport turlari va yoʻnalishlari koʻrib chiqish uchun taklif etildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va Xitoy kompaniyasi oʻrtasida investitsiya shartnomasi imzolandi. Loyiha yer usti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan boʻlib, jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan, ularning tavsiyalari va takliflari loyiha ofisiga yuboriladi. Kompaniya, oʻz navbatida, uning amalga oshirilishini va operatsion boshqaruvini taʼminlaydi.
Maʼlumot uchun: "Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd" kompaniyasi oʻrtasidagi qoʻshma korxona boʻlib, kanat yoʻllari, istirohat bogʻlari, mashinasozlik va yoritish uskunalari sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.