platina.uz
Jamiyat

DXX uch marotaba sudlangan shaxsni giyohvand moddalar bilan ushladi

Ushbu narkotik moddalar Tojikistondan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan.

DXX uch marotaba sudlangan shaxsni giyohvand moddalar bilan ushladi

DXX sement solingan qoplar ichida qariyb 10 kg. “opiy” narkotik moddasi yashirilganini aniqladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona organlari xodimlarini jalb qilgan holda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahridan Urganch shahriga sement mahsulotlari olib kelgan yuk avtomashinasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada sement mahsulotlari solingan qoplar ichiga yashirib qoʻyilgan 10 dona oʻramda 9 kg. 754 gr. “opiy” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Maʼlum boʻlishicha, Urgut tumanida yashovchi, 1971 y.t., muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq jinoyatlari uchun 3 marotaba sudlangan shaxs yuk avtomashinasini buyurtma qilib, sement mahsulotlari niqobi ostida, ushbu ajal ogʻusini Xorazm viloyatiga sotish uchun olib kelgan.

Ushbu narkotik moddalar Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan. Hozirda DXX Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq DXX qamoqxona mahkumini pora olayotganda ushlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid