BYD kompaniyasi Shavkat Mirziyoyevga mashina sovgʻa qildi
Oʻzbekiston prezidenti Shenchjen shahrida Xitoyning yetakchi BYD kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurdi.

BYD kompaniyasi Oʻzbekistonga 10 minginchi avtomobilini yetkazib berganining ramzi sifatida Shavkat Mirziyoyevga YANGWANG U8 avtomobilini hadya qildi.
Davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Oʻzbekiston prezidenti Shenchjen shahrida Xitoyning yetakchi BYD kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif chogʻida kompaniya yutuqlariga bagʻishlangan koʻrgazma, avtomobillar va boshqa turdagi texnikalarning ishlab chiqarilayotgan va istiqbolli modellari, kompaniyaning yangi texnologiyalari va ilgʻor ishlanmalari namoyishi boʻlib oʻtdi.
U yerda Jizzax viloyatida yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yigʻish boʻyicha loyihani ishga tushirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.