platina.uz
Jamiyat

Yekaterinburgda oʻrdaksimon yurishga majburlanganlarga yordam berilmoqda

Bir necha kun avval Rossiyada migrantlarga qarshi reydlar oʻtkazilgan.

Yekaterinburgda oʻrdaksimon yurishga majburlanganlarga yordam berilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida oʻtkazilgan reyd videosi tarqalgan va unda bir guruh fuqarolar oʻrdaksimon usulda yurishga majburlagandi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur holatga munosabat bildirdi.

"Dastlabki oʻrganishlardan maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 17 yanvar kuni Yekaterinburg shahrida joylashgan qurilish maydonlarining birida IIV, FXX, Rosgvardiya va prokuratura xodimlari tomonidan “nolegal” reyd tadbiri oʻtkazilgan.

Ushbu qurilish ishlarida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari vaqtincha ishlab kelgan. Reyd davomida 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi ham ushlangan va patentsiz mehnat faoliyatini amalga oshirgani sababli sudning qarori asosida Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markaziga joylashtirilgan.

Ushbu yurtdoshlarimizning maʼlum qilishicha, huquq-tartibort organlari xodimlari qurilish binosiga kirgan vaqtda koʻplab mehnat migrantlari qochishga harakat qilgan va binoning orqa tomonidan qochyotgan vaqtida qoʻlga olingan. Fuqarolarning harakatlariga javoban huquq-tartibort organlari xodimlari ularni oʻtirib yurishga majbur qilgan" deyiladi maʼlumotda.

Hozirgi vaqtda ushbu holat Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan va yurtdoshlarga huquqiy va boshqa shakldagi yordam koʻrsatilmoqda.

Avvalroq Rossiya TIV tarixchi Smolininning Markaziy Osiyo xalqlari boʻyicha gaplariga izoh bergandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid