Savdo-sanoat palatasi raisiga oʻrinbosarlar tayinlandi
Har ikki tayinlov ham bugungacha boʻsh turgan lavozimlar oʻrniga amalga oshirilgan.

Savdo-sanoat palatasi raisiga ikki nafar yangi oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda palata sahifasida xabar berildi.
Dilshod Rasulov Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosar lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Prezident administratsiyasida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Davron Qurbonov esa biznes muhitini tahlil qilish va ishbilarmonlik indekslarini baholash, tadbirkorlarga bozor infratuzilmasi masalalarida koʻmaklashish yoʻnalishi boʻyicha oʻrinbosar boʻldi. Tayinlovga qadar u Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.