Rossiya tomoni shovinist tarixchining soʻzlariga izoh berdi
Tarixchi Mixail Smolin oʻzbek va qozoqlar haqida keskin gapirgandi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Markaziy Osiyo xalqlari haqida keskin gapirgan tarixchi Mixail Smolinning soʻzlariga izoh berdi.
"Rossiya va Markaziy Osiyo respublikalarini umumiy tarix, yaqin insoniy va gumanitar aloqalar, savdo-iqtisodiy va biznes aloqalari birlashtiradi. Bizning hamkorligimiz, strategik sherikligimiz va aksariyat hollarda ittifoqdoshligimiz bir-biriga hurmat va madaniyatlar muloqotiga asoslangan" deya maʼlum qilgan Zaxarova.
"Ushbu bayonotlar (Smolin bayonoti) subʼektivdir, hozirgina aytib oʻtilgan voqeliklar bilan hech qanday umumiylik yoʻq va butunlay muallifning vijdoniga havola" deyiladi munosabatda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq rossiyalik tarixchi Mixail Smolin davlat televideniyesi orqali chiqishida qozoq va oʻzbek xalqi 1917 yilgacha mavjud boʻlmagani haqida fikr bildirgandi.
Eslatib oʻtamiz, avval Zaxarova yozuvchi Prilepinning ham soʻzlariga shu mazmunda izoh bergandi.