Vashingtonda Beruniyga atalgan yodgorlik ochildi
Byust Oʻzbekiston elchixonasi yonida oʻrnatilgan.

AQSh poytaxtida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy siymosi akc etgan yodgorlik ochildi. Byust Oʻzbekiston elchixonasi oldida oʻrnatildi.
Ochilish marosimida Jon Xopkins universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi, Beruniy va Ibn Sinoga bagʻishlangan "The Genius of their Age" kitobi muallifi Frederik Starr va boshqalar qatnashdi.
Beruniy — buyuk alloma, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa koʻplab fanlarda oid qomusiy asarlar muallifi.
U Oʻrta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana oʻlchamini aniqlagan.