platina.uz
Jahon

AQShdagi otishmada bir oilaning yetti aʼzosi oʻldirildi

Hodisa Chikagodan 60 km uzoqlikda yuz berdi. 

AQShdagi otishmada bir oilaning yetti aʼzosi oʻldirildi

AQShning Illinoys shtatining Joliyet shahrida sodir boʻlgan otishma natijasida yetti kishi halok boʻldi. Qurbonlar bir-biriga qoʻshni boʻlgan ikkita uyda otib oʻldirilgan. Politsiya hujumchini qidirmoqda.

Qotillikda qurbonlarni tanigan va yaqin atrofda yashagan mahalliy fuqaro 23 yoshli Romeo Nens gumon qilinmoqda. Erkakning shaxsi oʻrganilgan, u qurollangan va hanuz atrofdagilar uchun xavf tugʻdirmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, halok boʻlganlarning barchasi bir oila aʼzolari boʻlgan. Hujum sabablari hozircha maʼlum emas.

Rasmiylarning aytishicha, Nens qizil Toyota Camry mashinasida qochib ketgan.

Joliyet shahri Chikagodan 60 km uzoqlikda joylashgan.

Avvalroq AQShda 90 nafardan oshiq kishi sovuqdan halok boʻlgani xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid