Xitoy-Qirgʻiziston chegarasidagi kuchli zilzila Oʻzbekistonda ham sezildi
Zilzila vodiy viloyatlari va Toshkentga taʼsir qildi.

Xitoy-Qirgʻiziston chegarasida 7 magnitudali zilzila sodir boʻldi, uning kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Andijon viloyatida 3-4 ball.
Fargʻona viloyatida 3-4 ball.
Namangan viloyatida 3-4 ball.
Toshkent shahrida 3 ball.
Qozogʻistonning Olmaota shahrida zilzila kuchi 6 ballni tashkil etgan, koʻplab odamlar jon saqlash maqsadida koʻchaga chiqqani aytilmoqda.
Eslatib oʻtamiz avvalroq Jizzaxda 3-4 ballik yer silkinishi kuzatilgan.




