platina.uz
Madaniyat

Taniqli aktyor va rejissyor olamdan oʻtdi

Turgʻun Azizov 33 yoshida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan edi

Taniqli aktyor va rejissyor olamdan oʻtdi

Oʻzbekiston xalq artisti, taniqli aktyor va rejissyor Turgʻun Azizov 90 yoshida vafot etdi.

Turgʻun Azizov 1934 yilning 30 noyabrida Toshkentdagi Saryogʻchi (hozirgi Beshqayragʻoch) mahallasida tugʻilgan. 1956 yili avvalgi Oʻzbekiston davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlab, shu yili hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatriga ishga qabul qilingan.

33 yoshida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 1974 yilda Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan. Shuningdek, u «Mehnat-shuhrati» ordeni (2001 yil) sohibi ham hisoblanadi.

Teatrdagi rollari:

  • Ferdinand («Makr va muhabbat»);
  • Ilyos («Sarvqomat dilbarim»);
  • Eydzi («Oʻgʻirlangan umr»);
  • Mark Tuysk («Oqpadar»);
  • Niyoz («Nomaʼlum kishi»);
  • Yoʻlchi («Qutlugʻ qon»);
  • Gʻofir («Boy ila xizmatchi») va boshqalar.

Rejissyorlik ishlari:

  • «Mehrobdan chayon» – Abdulla Qodiriy
  • «Chimildiq» – Erkin Xushvaqtov
  • «Mashrab» — Erkin Xushvaqtov
  • «Okeandagi yetti qichqiriq» — Alexandro Kasona

Filmlardagi rollari:

  • «Maftuningman» Yu.Aʼzamov – Bakir Nazarov
  • «Odamlar orasida yolgʻiz» K.Yormatov – Amir Nasrullo
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid