Ozarbayjon tarixiy saylovlarga tayyorlanmoqda

Siyosiy sharhlovchi boʻlajak siyosiy jarayon haqida gapirdi.

Siyosat
22-yanvar, 10:30
Ozarbayjon tarixiy saylovlarga tayyorlanmoqda

Mamlakatning barcha hududlarida suverenitet toʻliq tiklanganidan keyin 7 fevral kuni boʻlib oʻtadigan Ozarbayjon Prezidenti saylovi muhim tarixiy va siyosiy voqeadir.

"Ozarbayjonlik saylovchi oxirgi oʻttiz yil ichida birinchi marta hududiy yaxlitligi toʻliq taʼminlangan va Qorabogʻ muammosini toʻliq hal qilib, tarixiy adolatni tiklagan davlat fuqarosi boʻldi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, saylovlar Ozarbayjon xalqining davlat sifatida kelajakdagi xavfsizligini taʼminlash va yangi koʻp vektorli rivojlanish strategiyasini amalga oshirish borasidagi siyosiy irodasi ifodasiga ham aylanadi”.

Bu haqda siyosiy sharhlovchi, “Yosh islohotchilar” jamoat birlashmasi raisi Farid Shahbazli maʼlum qildi. Uning fikricha, Ozarbayjonda juda demokratik va qulay saylov muhiti mavjud. Saylovni xalqaro saylov standartlariga muvofiq erkin va oshkora oʻtkazish uchun kuchli siyosiy iroda mavjudligini taʼkidladi:

“Prezidentlikka nomzodlarni roʻyxatga olish jarayonida ham, targʻibot-tashviqot ishlari olib borilayotgan hozirgi davrda ham barcha nomzodlar uchun teng sharoitlar yaratilgan. Amaldagi hukumat nomzodidan tashqari, muxolifat partiyalari vakillari va betaraf nomzodlar ham raqobatlashmoqda.

Prezidentlikka barcha nomzodlar qonunda yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda mustaqil ravishda saylovoldi tashviqotini amalga oshirishi mumkin. Ayni paytda mahalliy va xalqaro kuzatuvchilar tomonidan saylovga katta qiziqish bildirilmoqda. Oʻz kuzatuvlariga asoslanib, ular Ozarbayjonda shaffof saylov muhiti mavjudligini qayd etishadi. Eng muhimi, Ozarbayjon fuqarolari saylov jarayoniga katta qiziqish bildirmoqda.

Ishonchim komilki, saylov kuni barcha fuqarolarimiz oʻzi faol qoʻllab-quvvatlagan nomzodga ovoz beradi”.

Farid Shahbazlining soʻzlariga koʻra, shu paytgacha boʻlib oʻtgan barcha saylovlarda barcha nomzodlar platformasining asosiy tezisi mamlakat hududiy yaxlitligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar boʻldi: 

"Ammo, hozir butun mamlakatimiz hududida suverenitetimiz toʻliq tiklandi. Bu haqiqatni mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev yaratgan, buning oʻzi uni saylov favoritiga aylantirish uchun yetarli. Boshqa tomondan, Ilhom Aliyevning prezident etib saylanishi nafaqat Ozarbayjon xalqi va davlati uchun muhim, deb hisoblayman.

Bu ham turkiy dunyo mamlakatlari integratsiyasi va turkiy davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga prinsipial va izchil yordam berayotgan yetakchi sifatida butun turk dunyosi uchun juda muhim”.

Eslatib oʻtamiz,  7 fevraldagi saylovlar mustaqil Ozarbayjon tarixidagi toʻqqizinchi prezidentlik saylovlaridir. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+