Kambagʻallikning yangi chegarasi belgilandi
2024 yil uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdori eʼlon qilindi.

Oʻzbekistonda 2024 yil uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdori kishi boshiga 1 oyga 621 ming soʻm deb belgilandi.
Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistondagi minimal isteʼmol xarajatlari miqdori 2021 yilda 440 ming soʻmni tashkil etgan, 2022 yil yanvaridan boshlab esa 498 ming soʻm deb belgilangandi. Soʻnggi marta bu miqdor 2023 yil iyul oyida 498 ming soʻmdan 568 ming soʻmgacha oshirilgandi.
Minimal isteʼmol xarajatlari miqdori ommabop uslubda kambagʻallik darajasining chegarasi deya ataladi. Demak bir yilda kambagʻallik chegarasi 53 ming soʻmga oshgan. Bu 2023 yilgi koʻrsatkichlardan 9,3 foizga yuqoridir.