platina.uz
Jahon

Global isish yangi virus falokatiga sabab boʻlishi kutilmoqda

Sibir muzliklari qaʼrida "zombi virus" topildi. 

Global isish yangi virus falokatiga sabab boʻlishi kutilmoqda

Insoniyatga yangi "zombi virus" xavf solmoqda. Hozirda u rasman qayd etilmagan boʻlsada, global isish virusni yuzaga chiqarishi mumkin.

Qadimgi Sibir viruslarining uygʻonishi global isish tufayli sodir boʻlishi mumkin; baʼzi "zombi viruslari" olimlar tomonidan hududda allaqachon aniqlangan, deydi Marsel universiteti genetik olimi Jan-Mishel Klaveri.

Uning taʼkidlashicha, jahon ilmiy hamjamiyati eʼtiborni issiq iqlimi boʻlgan mamlakatlarda kasallik tarqalish xavfiga qaratgan boʻlsa-da, shimoldan kelayotgan xavf beparvolik bilan unutilgan, deb yozadi The Guardian.

Hozirgi vaqtda pandemiya tahdidi tahlili janubiy hududlarda paydo boʻlishi va keyin shimolga tarqalishi mumkin boʻlgan kasalliklarga qaratilgan.

"Zombi virus" insonning xotira va aqlidan judo etishi va oʻlimga sabab boʻlishi bilan xavflidir, deydi olimlar.

Gazetaning qoʻshimcha qilishicha, endi olimlar qadimgi mikroorganizmlar va ular qoʻzgʻashi mumkin boʻlgan holatlarni kuzatish uchun Arktika monitoringi tarmoqlarini oʻrnatadilar.

Avvalroq zombilashish tahdidi boʻyicha tahlil eʼlon qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid