AQShda 90 dan oshiq odam anomal sovuqdan halok boʻldi
Birgina Tennessi shtatida 25 kishi qurbon boʻlgani aytilmoqda.

AQShda anomal sovuq va qor tufayli 90 dan ortiq kishi halok boʻldi. Bu haqda CBS News telekanali maʼlumot bermoqda.
Tennessi shtatida ogʻir ob-havo sharoiti tufayli 25 kishi halok boʻldi, Oregonda 16 kishi hayotgan koʻz yumgan (ulardan uchtasi daraxt mashinasiga qulashi natijasida vafot etgani aytilmoqda).
Noqulay ob-havo tufayli oʻlim holatlari Illinoys, Pensilvaniya, Missisipi, Vashington, Kentukki, Viskonsin, Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida ham qayd etilgan.
Mamlakatga kuchli Arktika sovuq sikloni yopirilgan. Kommunal xizmatlar va boshqa masalalarda qiyinchiliklar vujudga kelmoqda. Sinoptiklar kelasi hafta boshida Qoʻshma Shtatlarda havo isishini taxmin qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, AQShda 2022 yil oxiri va 2023 yil boshidagi sovuqlarda ham oʻnlab odamlar qurbon boʻlgandi.