Toshkent orqali uchayotgan samolyot halokatga uchragani aytilmoqda
Samolyot bortidagi barcha kishi halok boʻlgan.

Afgʻoniston shimolida Toshkent tomonga uchayotgan samolyot halokatga uchragani xabar qilinmoqda. Olti kishi halok boʻlgani aytilyapti.
Rus OAVlariga koʻra, bu Rossiya roʻyxatdan oʻtgan «Gazpromavia»ning Falcon 10B (RA-09011) samolyoti boʻlib, Hindistonning Gaya shahridan Toshkentga uchayotgan boʻlgan.
Biznes-jet ekipaji Gaya (Hindiston) – Toshkent (yoqilgʻi quyish) – Jukovskiy (Moskva) yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotgan edi. Tojikistonning Koʻlob aeroportiga yaqinlashganda radarlardan gʻoyib boʻlgan.
Ekipaj 19.05 da favqulodda yoqilgʻi qolgani va Koʻlob aerodromiga qoʻnishga qaror qilingani haqida xabar bergan. Keyinchalik, bitta, keyin esa ikkinchi dvigatelning ishdan chiqqani aytilgan. Samolyot bortida 6 kishi — 2 yoʻlovchi va 4 ekipaj aʼzosi boʻlgan.