platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda oʻquvchilar ovqatdan zaharlandi

Jumladan, 32 nafar bolada koʻngil aynishi, oshqozonda va qorinda ogʻriqlar kuzatilgan. 

Surxondaryoda oʻquvchilar ovqatdan zaharlandi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida joriy yilning 18 yanvar kuni oʻquvchilar ovqatdan zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Aytilishicha, maktab-internat yotoqxonasiga 120 nafar oʻquvchi joylashgan boʻlib, shundan 32 nafarida 2024 yil 18 yanvar kuni soat 22:00-24:00 oraligʻida sogʻligʻi bilan bogʻliq koʻngil aynishi, oshqozonda va qorinda ogʻriqlar kuzatildi.

Mazkur holat boʻyicha maktab-internat hamshirasi birinchi yordam koʻrsatdi, qoʻshimcha yordam uchun tez yordam xodimlarining koʻrsatmasiga koʻra tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Joriy yilning 19 yanvar kuni Sariosiyo tuman Sanitariya va epidimalogiya osoyishtalik markazi tomonidan maktab-internat oshxonasining sanitariya holati toʻliq oʻrganilib, 18 yanvar kuni oʻquvchilarga berilgan nonushta, tushlik va kechki ovqat namunalari tahlil uchun olindi.

Hozirda barcha oʻquvchilarning sogʻligi yaxshi. Vaziyat IIB, SES hamda taʼlim muassasalari agentligi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Samarqandda, Angrenda, Namanganda va boshqa hududlarda taomdan zaharlanish holatlari kuzatilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid