platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda 3,4 magnitudali zilzila sodir boʻldi

Epitsentr Toshkentdan 209 km janubiy-gʻarbda joylashgan.

Jizzaxda 3,4 magnitudali zilzila sodir boʻldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, Oʻzbekistonda 3,4 magnitudali zilzila kuzatildi.

Mahalliy vaqt bilan 20.01.2024 09:03 da (20.01.2024 yil, Grinvich boʻyicha 04:03 da) zilzila sodir boʻldi. Epitsentr: Jizzax viloyati, Forish tumani.

Zilzila koordinatalari: 40,57 gradus shimoliy kenglik; 66,91 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 209 km janubiy-gʻarbda.

Taʼkidlash kerakki, 11 yanvar kuni 14:20 da Afgʻonistonda 6 ballik zilzila sodir boʻlgan va u Oʻzbekiston hududlariga ha taʼsir qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid