platina.uz
Jahon

Turk fazogiri tarixiy parvozni amalga oshirdi

Alper Gezeravji ilk bor kosmosga uchgan turkiyalik fazogir sifatida tarixga muxrlandi.

Turk fazogiri tarixiy parvozni amalga oshirdi

Bugun, 19 yanvar kuni ilk turk fazogiri kosmosga uchdi. Bu haqida Turkiyaning talay ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Alper Gezeravji ilk bor kosmosga uchgan turkiyalik fazogir sifatida tarixga muxrlandi. Astronavt SpaceX ga tegishli raketada kosmosga uchdi. Maʼlumotlarga qaraganda u va uning 3 nafar hamrohi 1,5 kunda Xalqaro kosmik stansiyaga yetib borishadi. Gezeravji va jamoadoshlari 14 kun ichida 13 ta ilmiy (biologiya, tibbiyot, materialshunoslik va genetika kabi sohalarda) tajriba oʻtkazadi va tadqiqotlar TUBITAK Kosmos, Axiom Space va Nasa bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Falcon 9 raketasi muvoffaqiyatli uchirildi. Dragon kapsulasi hozir 4 nafar aʼzosi bilan koinotda. Ular Xalqaro Kosmik stansiyaga yetib borishganidan soʻng ikkinchi bosqich boshlanadi va ular koʻzda tutilgan tadqiqotlarni amalga oshira boshlashadi.

Missiya tugab atmosferaga kirgandan soʻng, kapsula parashyutlarini ochadi va Orlando qirgʻoqlari yaqinidagi okeanga tushadi.

Alper Gezeravji uchishidan sal ilgari jiyani bilan xayrlashganida, jiyanining “amaki menga yulduzlarni olib keling” degani ijtimoiy tarmoqlarga tarqagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid