platina.uz
Jahon

Rossiyadagi mintaqada tartibsizliklar: sobiq deputat xavotirli bayonot berdi

Hodisada Rossiyaning hududiy yaxlitligi boʻyicha tahdidlar yangradi. 

Rossiyadagi mintaqada tartibsizliklar: sobiq deputat xavotirli bayonot berdi

Boshqirdistonda blogerning qoʻlga olinishidan ommaviy namoyishlar boʻlib oʻtdi. Natijada Rossiya Tergov qoʻmitasining Boshqirdiston boʻyicha tergov boshqarmasi Baymak shahrida sodir boʻlgan ommaviy tartibsizliklardan keyin Jinoyat kodeksining ikki moddasi boʻyicha ish qoʻzgʻatdi.

Toʻqqiz kishi tartibsizliklar sabab qoʻlga olingan.

Rossiya Tergov qoʻmitasi rasmiy Telegram-kanalida eʼlon qilgan maʼlumotlarga koʻra, Jinoyat kodeksining 212-moddasi ("Ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish va ishtirok etish"), shuningdek 318-moddasi ("Hokimiyat vakiliga nisbatan zoʻravonlik qoʻllash") ,bilan ish qoʻzgʻatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda Boshqirdiston aholisini Baymak tuman sudi yaqinida norozilik aksiyasi tashkil etishga chaqiriqlar tarqatilgan. Toʻpolonlarga terrorchilar va ekstremistlar roʻyxatiga kiritilgan bloger Fail Alchinov ustidan oʻtkazilgan sud jarayoni sabab boʻldi. Alchinov Ukraina urushi, shuningdek, mehnat muhojirlari haqidagi noxush gaplari uchun ayblangandi.

Muvofiqlashtirilmagan namoyish ishtirokchilari Alchinovni ozod qilishni talab qilishdi. Ular politsiya bilan toʻqnash kelishdi. Politsiya ularni tarqatishda koʻzdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalangan.

Rossiya davlat dumasi sobiq deputati Ilya Ponomarevning taxmin qilishicha, namoyishlar Rossiyaning boshqa mintaqalariga ham tarqalishi mumkin. U Yoqutiston, Tuva, Buryatiya kabi hududlarni misol qilib keltirgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid