Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari ishdan ketdi
U 2023 yilgi navbatdan tashqari prezident saylovida oʻz nomzodi bilan qatnashgan edi.

Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari Robaxon Mahmudova lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Senat yalpi majlisida maʼlum qilindi.
Aytilishicha, u boshqa lavozimga oʻtkazilgan. Hozircha qaysi lavozim ekani ochiqlanmayapti.
Eslatib oʻtamiz, Robaxon Mahmudova 2023 yilgi navbatdan tashqari prezident saylovida oʻz nomzodi bilan qatnashgan edi.




