platina.uz

Prezident yigʻilishida ikki amaldor ishdan olindi

Shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjayev ogohlantirildi. 

Jamiyat
18-yanvar, 11:06
Prezident yigʻilishida ikki amaldor ishdan olindi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar boʻyicha yigʻilish oʻtkazilmoqda.

Unda oʻz tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Badriddin Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari D.Sattarov lavozimidan ozod qilindi.

Shu munosabat bilan kompleks uchun masʼul Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjayev chorak yakunigacha oʻzgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Investitsiya kompleksiga kiruvchi vazir va hokimlarning rejalari va natijalari sust boʻlgan oʻrinbosarlari ishdan boʻshatilib, ularga aniq KPI belgilanishi va shundan keyin bir yil muddatga shartnoma asosida ishga olinishi belgilandi. Natijaga qarab shartnoma uzaytiriladi yoki bekor qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, ishdan olingan oʻrinbosar Badriddin Obidov tizimda 2018 yildan beri ishlab kelayotgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+