platina.uz
Sport

"Paxtakor" sotuvi vaqtincha toʻxtatildi

Davaktiv bunga nima sabab boʻlganini izohladi. 

"Paxtakor" sotuvi vaqtincha toʻxtatildi

Toshkentning "Paxtakor" klubi sotilmaydigan boʻldi. Bu haqda Davaktiv maʼlumot berdi.

"Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, joriy yilning 16-yanvar kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytida "Paxtakor futbol klubi" MChJning 100 foiz davlat ulushi boʻyicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganligi toʻgʻrisida eʼlon berilgan edi.

Oʻtgan davr mobaynida jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikrlarni oʻrgangan holda, "Paxtakor futbol klubi" MChJning 100 foiz davlat ulushi boʻyicha ommaviy savdo jarayonlari vaqtinchalik toʻxtatilganligi maʼlum qilinadi" deya maʼlum qildi agentlik.

17 yanvar kuni Oʻzbekistonning eng koʻp sovrin yutgan klubi sotuvga qoʻyilgani maʼlum boʻlgandi. Shundan soʻng, klub stadioni va uning atrofidagi yerlar ham sotilishi va xaridor tayyorligi haqida gap-soʻzlar tarqalgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid