Oʻzbekiston Hindistonni tor-mor keltirdi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston birinchi turda Suriyani yuta olmagandi.

Bugun, 18 yanvar kuni Qatarda boshlangan Osiyo chempionati ikkinchi turida Oʻzbekiston Hindistonni yirik hisobda magʻlubiyatga uchratdi.
3:0 hisobi bilan yakunlangan oʻyinda Abbosbek Fayzullayev, Igor Sergeyev va Sherzodbek Nasrullayevlar toʻp kiritdi. Shu tariqa Srechko Katanes jamoasi guruhdagi ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi.
Guruhning boshqa oʻyinida Avstraliya Suriyani kichik hisobda magʻlub etdi (1-0) va peshqadam boʻlib turibdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston birinchi turda Suriyani yuta olmagandi. Endi jamoa Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.