Isroil askarlari nega murdalarni oʻgʻirlaydi?
Yahudiy davlati Xalqaro sudga berilgani fonida turli yoqimsiz faktlar yuzaga chiqmoqda.

Janubiy Afrika Respublikasi advokatlari Isroilni Gʻazo sektorida genotsid uyushtirishda ayblab Xalqaro sudga bergani fonida ayrim yoqimsiz faktlar ham yana yuzaga qalqib chiqmoqda.
Jumladan, Isroil askarlari falastinliklarning murdalarini oʻgʻirlashda ayblangan.
Euro-Med Monitor huquqbon tashkiloti Isroilni Gʻazo sektoridagi tibbiy muassasalardan falastinliklarning murdalarini noqonuniy oʻgʻirlashda ayblagan edi. Mazkur tashkilotning turli faktlarga asoslanib bayonot berishicha, Isroil armiyasining hujumlari natijasida 100 ming falastinlik oʻldirilgan, yoʻqolgan yoki yaralangan.
Euro-Med Monitor mutaxassislari eʼlon qilgan hisobotda aytilishicha, Isroil patalogoanatomlari bu murdalarning turli organlarini kesib oladi va Isroildagi organlar bankiga joʻnatadi.
Xususan, Isroil armiyasi Al-Shifo klnikasi hamda Gʻazo sektori shimolidagi Indoneziya shifoxonasida saqlanayotgan falastinliklarning murdalarini ruxsatsiz olib ketgan.
Shuningdek, Gʻazo sektoridagi tibbiy ekspertlar aniqlagan faktlarga koʻra, isroilliklar qamoqqa olgan va ozodlikdan mahrum qilgan falastinliklarning ayrimlari qiynoqlarga va yomon yashash sharoitlariga chiday olmasdan halok boʻlgan. Ularning murdalari oila aʼzolariga qaytarilganida, ularda koʻplab “kerakli” organlar – buyrak, jigar, ilik va koʻz muguz pardalari olib qoʻyilgani maʼlum boʻlgan.
X (avvalgi Twitter) ijtimoiy tarmogʻida @Dunian98 akkaunti yozishicha, Isroil falastinliklarning terilarini yigʻishtirib olmoqda.
Uning taʼkidlashicha, Isroilda dunyodagi eng katta teri banki mavjud. Yigʻishtirib olingan teri namunalari kuyish asoratlari, saraton va boshqalarni davolash uchun ishlatiladi.
Bu faktni isroillik patalogoanatomlar ham tan olishgan.
The Guardian nashrining yozishicha, isroillik doktorlar oila aʼzolarining roziligisiz falastinliklarning organlarini yigʻib olganini tan olgan.
Isroil patologlar oʻlgan falastinliklar va boshqalarning aʼzolarini oilalarining roziligisiz olganini tan olgan - bu amaliyot 1990-yillarda yakunlangan va 2009 yilga kelib yana organ yigʻib olish amaliyoti davom ettirila boshlagan va hozirgacha davom etmoqda.
Bu haqda ayni isroillik mutaxassislar tomonidan maxsus hujjatli film ham yaratilgan.
Isroillik arab deputati Ahmad Tibining aytishicha, hisobotlar Isroil armiyasining ayblaridan guvohlik beradi.
Bu “mojaro” ilk marta Tel-Aviv yaqinidagi Abu Kabir sud-tibbiyot institutining sobiq rahbari doktor Yehuda Xis bilan suhbatda maʼlum boʻlgan. Intervyu 2000 yilda amerikalik akademik tomonidan oʻtkazilgan va u Stokholmdagi Aftonbladet gazetasida chop etilgan hisobot yuzasidan Isroil va Shvetsiya oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli uni eʼlon qilgan.
1990-yillarda Abu Kabir klinikasi mutaxassislari Isroil askarlari, Isroil fuqarolari, falastinliklar va chet ellik ishchilarning jasadlaridan teri, koʻz muguz pardasi, yurak klapanlari va suyaklarini koʻpincha oila aʼzolari va qarindoshlarining ruxsatisiz yigʻib yurgan.
Isroil harbiylari bu dastur amaliyotga tatbiq etilganini tasdiqladi, biroq "bu faoliyat oʻn yil oldin tugagan va endi roʻy bermaydi", deya qoʻshimcha qildi.
Isroil Shvetsiyadan Aftonbladet da chop etilgan maqolani qoralashni talab qilib, uni antisemitistik "qonli tuhmat" deb atadi. Stokholm buni rad etib, bu mamlakatda soʻz erkinligini buzishini aytdi. Keyin esa Shvetsiya Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan paytda Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Isroilga tashrifini bekor qildi.
Hiss 2004 yilda falastinliklarning murdalaridan aʼzolarini kesib olib-yigʻish boʻyicha baʼzi tafsilotlar birinchi marta eʼlon qilinganida oʻz lavozimidan chetlashtirilgan. Ammo u hamon sud-tibbiyot institutida ishlaydi.
Isroil sogʻliqni saqlash vazirligi barcha organlarni yigʻishtirib olish amaliyotlari hozirda murdaning qarindoshlaridan ruxsat olgan holda amalga oshirilganini aytdi.
Qisqa qilib aytganda, Isroil armiyasi Gʻazo sektori aholisiga oʻz istaganidek munosabatda boʻlmoqda. Ularning qoʻlini “jilovlaydigan”, insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun jazoga torta oladigan biror kuch yoʻqligi shunga sabab boʻlyapti.
Maʼlumki har qanday taʼlimotda hatto dushmanning murdasi ham hurmat qilinadi. Masalan, yapon yakkakurash sanʼatlarida gʻolib chiqqan kurashchi raqibini oʻldirib qoʻysa, uning murdasiga hurmat bilan munosabatda boʻlgani va uni hurmat bilan dafn etishlariga erishgan.
Biroq Isroil armiyasi shgu qadar vahshiylashib ketganki, hatto aybsiz va qurolsiz qurbonlarining oʻligini ham xor qilmoqda. Biror eʼtiroz bildirilsa, “biz 1940 yillarda fashistlardan jabr koʻrganmiz, biz nima qilsak ham haqqimiz bor, agar bizga qarshi boʻlsang - demak antisemit jinoyatchisan”, qabilida javob berishadi.
Bu holatlarni kuzatib, hozir “trendga” chiqqan bir “mem” yodimizga tushadi: “Sen bir qiynalmagin ekan-da!”.




