platina.uz
Jamiyat

Adliya vaziri ham ishdan olinish boʻyicha ogohlantirildi

Prezident vazirga yangi vazifa topshirdi. 

Adliya vaziri ham ishdan olinish boʻyicha ogohlantirildi

Prezident adliya vaziri Akbar Toshqulovga yangi vazifa yukladi va oʻzgarish boʻlmasa ishdan olish boʻyicha ogohlantirdi.

Ayrim korxonalarimizda xalqaro sertifikat yoʻqligi uchun global logistika zanjirlariga qoʻshila olmayapti. Iqtisodiyotning drayver sohalarida xalqaro standartlarni joriy qilish darajasi 35 foizga ham yetmaydi.

Shu bois, Texnik tartibga solish agentligi toʻliq isloh qilinib, Hukumat tarkibiga oʻtkazilishi belgilandi.

Umuman, ushbu sohadagi barcha huquqiy jarayonlarni talab darajasiga yetkazish uchun adliya vaziri A.Toshqulov masʼul etib belgilandi. Ikki oyda sohani tartibga solmasa, lavozimidan ozod etilib, ushbu agentlikka rahbar etib tayinlanishi haqida ogohlantirildi.

Mutasaddilarga 2024 yilda eng koʻp eksport boʻladigan Yevropadagi 10 ta davlat bilan milliy sertifikatni ikki tomonlama tan olish boʻyicha kelishuvga erishish, 1,7 mingta xalqaro standart va 19 ta texnik reglamentni qabul qilish, 1,2 mingta korxonada xalqaro sifat tizimlarini joriy etish, sifati kafolatlangan mahsulotlar turini 4 mingtadan 7,5 mingtaga yetkazish topshirildi.

Joriy yilda “GSP+” tizimi orqali Yevropaga eksport qilinadigan tovarlar turini 700 taga, hajmini 1,2 milliard dollarga yetkazish zarurligi taʼkidlandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq ikki yirik amaldor ishdan olingan, Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjayev ogohlantirilib, 10 nafar hokimga chora koʻrilishi belgilangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid