platina.uz
Jahon

Xitoyda aholi keskin qisqarishni boshladi

Bir yillik kamayish Oʻzbekistonning qariyb bitta viloyati aholisi bilan teng.

Xitoyda aholi keskin qisqarishni boshladi

2023 yilda Xitoyning umumiy aholisi 2,08 million kishiga qisqardi. Bu haqda XXR Davlat statistika boshqarmasiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi. Bu 1961 yildan beri ilk qisqarish yuz bergan 2022 yildagiga (- 850 ming kishiga) qaraganda ancha yuqori.

Aholining kamayishiga sabab tugʻilishning rekord darajada pastligi va koronavirusga qarshi qatʼiy choralar bekor qilinganidan keyingi oʻlim toʻlqini boʻldi. Oʻtgan yili jami oʻlimlar 6,6 foizga oʻsib, 11,1 million kishini tashkil qildi, oʻlim darajasi 1974 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi.

Xitoyda yangi tugʻilgan chaqaloqlar soni ham 5,7 foizga kamayib, 9,02 million nafarni tashkil etdi, tugʻilish koeffitsiyenti esa rekord darajada past boʻldi — har ming kishiga 6,39 bola. 1980 yildan 2015 yilgacha olib borilgan "bir bola - bir oila" siyosati va jadal urbanizatsiya natijasida mamlakatda tugʻilish darajasi keskin pasayib bormoqda.

Xitoyda erkaklar soni 720,32 million kishiga (0,2 foizga pasayish), ayollar soni 689,35 million kishiga (0,04 foizga kamayish) yetdi. Mehnat yoshidagi (16 yoshdan 59 yoshgacha) fuqarolar ulushi 61,3 foizni tashkil etdi - 2022 yilga nisbatan 0,7 foizga kam. Mamlakatda 65 yoshdan oshganlar esa 216,76 million kishi boʻlib, ularning soni 3,3 foizga oshgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda esa soʻnggi yillarda aholining jadal oʻsishi tendensiyasi kuzatilmoqda. 2023 yilning oʻzida 960 mingdan oshiq chaqaloq dunyoga kelgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid