platina.uz
Jamiyat

Qahramon Quronboyev yangi lavozimga saylandi

U Prezident Administratsiyasida ishlab kelayotgandi. 

Qahramon Quronboyev yangi lavozimga saylandi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga Qahramon Quronboyev saylandi.

Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga Jovdatxon Inogʻomov saylandi. Bunga qadar u Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali rahbari lavozimida ishlagan.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisining oʻrinbosari lavozimiga Abdullo Aslonov saylandi. U bundan avval OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisining yoshlar va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili dekabr oyida Oʻzbekiston mahallalari uyushmasini tuzish koʻzda tutilgan Prezident farmon eʼlon qilingandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid