platina.uz
Jamiyat

Poytaxtdagi yomon ekologik vaziyat yuzasidan shahar hokimligi “tilga kirdi”

Unda aytilishicha, "keskin qaror"larni oʻz ichiga oluvchi dastur tuzilmoqda. 

Poytaxtdagi yomon ekologik vaziyat yuzasidan shahar hokimligi “tilga kirdi”

Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi ogʻir ekologik vaziyat yuzasidan bayonot bilan chiqdi. Unda aytilishicha, holat yuzasidan dastur ishlab chiqilmoqda.

"Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda ekologik vaziyat yomonlashayotgani, havo ifloslanishi, yoʻllarda tirbandliklar koʻpayib borayotgani keng muhokama boʻlmoqda.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi vaziyatni yaxshilash maqsadida kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

Bunda eng avvalo ekologik barqarorlikni taʼminlash, havoga chiqayotgan maishiy chiqindilarni kamaytirish, jamoat transporti tizimini ham sifat, ham son jihatdan yaxshilash, yoʻllarda ustuvorlikni mashinalarga emas, eng avvalo piyodalarga, undan soʻng jamoat transportiga berishga qaratilgan infratuzilmani yaratish va shu kabi bir qator oʻzgarishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda" deyiladi unda.

Ekologik holatni yaxshilash va aholi salomatligini asrab-avaylash maqsadida ayrim keskin qarorlarni qabul qilish talab etilishi taʼkidlangan.

"Shu sababli mazkur qarorlar kelgusida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi uchun ilmiy tadqiqotlar hamda tahlillarga asoslangan boʻlishi zarur.

Ayni kunlarda shahar hokimligi huzurida har bir yoʻnalish boʻyicha, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda. Har bir ishchi guruhning tahliliy xulosalari asosida poytaxt miqyosida qilinadigan amaliy choralar haqida taqdimot tayyorlanmoqda.

Tez orada ushbu taqdimot keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etiladi" deya taʼdkilagan hokimlik.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda Toshkent chang-toʻzon hodisalar koʻpaymoqda, hatto aholiga niqob taqish tavsiya etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid