platina.uz
Jahon

Japarov Qirgʻizistonda davlat toʻntarishi rejalashtirilganini aytdi

Uning oʻzi 2020 yil oktabridagi namoyishlarda hokimiyatga kelgandi. 

Japarov Qirgʻizistonda davlat toʻntarishi rejalashtirilganini aytdi

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatda ommaviy tartibsizliklar ortidan davlat toʻntarishiga hozirlik koʻrilgani haqida eʼlon qildi. Bu haqda u "Kabar" agentligiga bergan intervyusida gapirgan.

Dekabr oyida butun mamlakat boʻylab soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlarga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Sadir Japarov taniqli tadbirkor Imomidin Tashov, muxolifat faoli Tilekmat Kurenov va “boshqa guruhlar”ni davlat toʻntarishini rejalashtirishda aybladi. Hozirda Tashov mamlakatda ushlangan, Kurenov xorijda qoʻlga olingan.

Ayni paytda Qirgʻizistonning qator ommaviy axborot vositalarida tintuvlar oʻtkazilib, ayrim jurnalistlarga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Jumladan, 24.kg nashri ofisida tintuv oʻtkazilgan va jurnalistlar ommaviy tartibsizlikka chaqirishda aylab chiqildi.

Qirgʻizistonda Japarov hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ushbu ishlar amalga oshirilmoqda, mamlakat gibrid demokratiyadan avtokratiya bosqichiga oʻtmoqda, deydi ekspertlar. Japarovning oʻzi avvalroq “mamlakatga qattiq qoʻl kerak” deya taʼkidlab oʻtgandi.

Eslatib oʻtamiz, Sadir Japarovning 2020 yil oktabridagi namoyishlar ortidan hokimiyatga kelgandi. Namoyishlar parlament saylovi natijalaridan norozilik oqibatida kelib chiqqandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid