Afgʻonistonda ketma-ket zilzilalar boʻldi
Oʻtgan yilgi yer silkinishlarida ikki mingdan oshiq kishi qurbon boʻlgandi.

Afgʻonistonda 17 yanvar sanasida ketma-ket zilzilalar kuzatilmoqda.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra,Toshkent vaqti bilan 02:10 da (16.01.2024 yil, Grinvich boʻyicha 21:10 da) Afgʻonistonda zilzila sodir boʻldi. Zilzila koordinatalari: 37,2 gradus shimoliy kenglik; 71,11 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,2. Chuqurlik 150 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 480 km janubiy-sharqda.
Shuningdek, Toshkent vaqti bilan 05:40 da ham zilzila sodir boʻldi. Zilzila koordinatalari: 36,81 gradus shimoliy kenglik; 71,18 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 100 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 524 km janubiy-sharqda.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili oktabrda mamlakatda yuz bergan halokatli yer silkinishlari oqibatida ikki mingdan oshi kishi halok boʻlgandi.