Yevropa bilan birinchi sammit Oʻzbekistonda oʻtishi kutilyapti
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas uchrashuvida aytildi.

“Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitini Oʻzbekistonda tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas uchrashuvida aytilgan.
Shuningdek, YeI va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi” amalga oshirilmoqda.
Yanvar oyi oxirida Bryusselda ikki mintaqaning transport-kommunikatsiyaviy oʻzaro bogʻliqligini mustahkamlashga qaratilgan yirik Investorlar forumi boʻlib oʻtadi.
Yevropaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yuqori texnologik tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. YeIning Oʻzbekiston uchun savdo preferensiyalari amal qilish muddati uzaytirildi.
Dolzarb mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afgʻonistonga gumanitar yordam koʻrsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.