Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari vafot etdi
U avval prokuratura tizimida ishlagan.
Jamiyat
16-yanvar 2024 yil

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari Islom Jasimov 66 yoshida hayotdan koʻz yumdi.
Islom Jasimov 1957 yil 24 martda Toshkent viloyatida tugʻilgan.
1986-2017 yillar davomida prokuratura organlari tizimida masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat koʻrsatib kelgan.
1993 yilda “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy yorligʻi”, 2001 yilda “Shuhrat” medali va 2017 Uyilda “Doʻstlik” ordeni davlat mukofotlari hamda 2020 yilda – qonun ustuvorligini mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun “MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25 yilligi” medali bilan taqdirlangan.