platina.uz
Sport

Rasman: Joze Mourino “Roma”dan isteʼfoga chiqarildi

U Yevropa konferensiyalar ligasida gʻolib chiqishni uddaladi, xolos. 

Rasman: Joze Mourino “Roma”dan isteʼfoga chiqarildi

Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino klubdagi ikki yarim yillik boshqaruvdan soʻng isteʼfoga chiqarildi. Bu haqda Sky News nashri xabar berdi.

Maʼlumot oʻrnida, Joze Mourino barcha davrlarning eng koʻp mukofotlangan futbol murabbiylaridan biridir. U faoliyatini 2000-yillarning boshida Portugaliyaning "Benfika" jamoasida boshlagan.

60 yoshli portugaliyalik murabbiy 2021 yilning may oyida A Seriya jamoasi bosh murabbiy etib tayinlangan va 2022 yilda Yevropa konferensiyalar ligasida gʻolib chiqqan.

"Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Real"ning sobiq bosh murabbiyi oʻtgan yili Italiya klubini Yevropa Ligasi finaliga olib chiqqan va "Sevilya"dan penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgandi.

Ammo “Roma” joriy mavsum A Seriyadagi soʻnggi oltita oʻyinning faqat bittasida gʻalaba qozondi va hozircha toʻqqizinchi oʻrinda ketmoqda.

Klubning amerikalik egalari Den va Rayan Fridkinlar Mourinoning ketish haqidagi bayonotidan soʻng unga minnatdorchilik bildirishgan.

"Uning "Roma"dagi faoliyati haqida ajoyib xotiralarni saqlab qolamiz, ammo zudlik bilan oʻzgartirish qilishni klub manfaatlariga mos deb hisoblaymiz", - deydi ular oʻz bayonotida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid